Ultramikroskop

Ultramikroskop (Ultra… va mikroskop) — oddiy mikroskop yordamida ko’rib bo’lmaydigan mayda zarralarni ko’rishga xizmat qiladigan optik asbob. Ultramikroskop ko’riladigan ob’yekt (zarralar)ni yoritish usuli bilan oddiy mikroskopdan farq qiladi. Oddiy mikroskoplarda qo’llaniladigan ob’yektni yoritib kuzatish usuli o’rniga, bunda qorong’ilashtirilgan maydon usulidan foydalaniladi. Ultramikroskopda ob’yektni yoritish uchun kuchli yorug’lik manbai va juda katta yorug’lik kuchiga ega bo’lgan optik tizimlar qo’llaniladi. Bu usulda tekshirilayotgan ob’yekt (zarralar) nur bevosita kuzatuvchining ko’ziga tushmaydigan qilib, yon tomondan juda kuchli yoritiladi. Har bir yoritilgan zarra kuzatuvchiga qorong’i maydonda o’zidan yorug’lik sochib turuvchi yorug’nuqta bo’lib ko’rinadi. Turli xildagi Ultramikroskop yordamida turli dispers sistemalardagi zarralarning kontsentrasiyasi va harakati aniqlanadi. Ultramikroskop yordamida 2yu’9 metr gacha kattalikdagi zarralarni o’rganish mumkin. Dastlabki Ultramikroskop 1903 yilda Avstriya olimlari G.Zidentopf (1872-1940) va R. Zigmondi (1865-1929) tomonidan yaratilgan.