Lavh

Lavh (Arabcha — taxta) — 1) maktabxonalarda talabalar savod chiqarish uchun ishlatgan yozuv taxtasi; 2) o’qish vaqtida ustiga kitob, nota ochib qo’yiladigan maxsus kursicha (taglik). Odatda, Lavh taxtadan ishlangan. Samarqandda Bibixonim masjidining hovlisida, Toshkentdagi Temuriylar davri tarixi davlat muzeyida marmardan ishlangan katta Lavh bor. Lavh ishlash an’analari o’zbek xalq amaliy san’atining yog’och o’ymakorligida saqlanib qolgan. Lavhning bugungi kundagi vazifasi o’zgarib, u muzey ekspozitsiyasi, o’zbek xalq amaliy san’atining esdalik sovg’a namunasiga aylangan.