Lao, laosliklar

Lao, laosliklar — xalq. Laosning asosiy aholisi (2,95 million kishi). Shimoliy va shimoliy-Sharqiy Tailandda (15 million kishi), hamda Hindixitoy (Myanmada 25 ming kishi, Vetnamda 10 ming kishidan ortiq, Kambodjada 10 ming kishi) da yashaydi. Umumiy soni 18 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Laos tilida so’zlashadi. Dindorlari — buddaviylar, xristianlar ham bor. Lao, asosan, sholikorlik, ovchilik va baliqchilik bilan shug’ullanadi.