Layn, Markaziy Polineziya sporada orollari
Layn, Markaziy Polineziya sporada orollari — tinch okeanning ekvatorial qismidagi arxipelag, Polineziyada. Kiribati davlati tarkibida. Eng yirik atollari — Rojdestvo, Tabuagran, teraina. Maydoni 500 km2 chamasida. Laynda eng ko’p tarqalgan o’simlik — kokos palmasi. Orollarda kopra olinadi, non daraxti o’stiriladi, baliq ovlanadi. Laynni 1777 yil ingliz dengizchisi sayyohi J.Kuk kashf etgan.