Lakonizm

Lakonizm (Yunoncha lakonismos — qisqalik) — fikrni bayon qilishdagi qisqalik va aniqlik. Lakonizm adabiy ifoda vositasi sifatida asarda ortiqcha tafsilotlarga berilmaslikni, mezonni bilish va vazminlikni anglatadi. Tildagi Lakonizm uchun oz so’z bilan ko’p ma’no bayon etish muhim sanaladi. Hikmatli so’zlar, topishmoq, maqol, iboralar, shiorlar Lakonizm namunalaridir. Yozuvchi va shoirlar (masalan, Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor va boshqalar) o’z asarlarida Lakonizmdan ustalik bilan foydalanganlar.