Laktasiya
Laktasiya (lakt…) — odam va sut emizuvchi hayvonlarda sut hosil bo’lishi, yig’ilishi va vaqt-vaqti bilan ajralib chiqishi. Sut emizuvchi hayvonlarning urg’ochilari va ayollarga xos. Laktasiya tug’ruqdan keyin boshlanadi. Sut sut bezlariga qondan so’rib olingan oziq moddalar hisobiga yig’iladi. Laktasiya — murakkab neyro-gumoral jarayon. Ayollarda ko’zi yorigan kunining dastlabki kunidanoq og’iz suti, 2-3 haftadan keyin esa rosmana sut kela boshlaydi; 10-20-haftalarga kelib Laktasiya avjiga chiqadi. Laktasiya muddati har bir ayol sut bezlarining o’ziga xos xususiyatlariga, emizikli onaning ovqatlanish tarziga, shuningdek, bolani emizib boqishiga bog’liq. Agar sut bezlaridan sut chiqarib turilmasa, Laktasiya to’xtaydi.