Ligatura

Ligatura -1) matbaada — ikki yoki bir necha belgini qo’shib yozish, harf terishda bir litera ko’rinishida qo’yiladigan qo’shaloq harf; 2) metallurgiyada — asl metallar (oltin, kumush va boshqalar)ga ma’lum xossa (masalan, qattiqlik) berish yoki ularni arzonlashtirish uchun qo’shiladigan metallar (masalan, mis, simob); metallga ma’lum xossa (masalan, mustahkamlik) berish maqsadida qo’shiladigan qo’shimcha qotishmalari.