Logarifmlash

Logarifmlash — son (ifoda) ning logarifmini topish amali. Logarifmlash darajaga ko’tarishga teskari bo’lgan ikki amaldan biridir. Logarifmlash natijasida sonlarni ko’paytirish yoki bo’lish ularning logarifmlarini qo’shish yoki ayirishga, sonlarni darajaga ko’tarish yoki sondan ildiz chikarish, son logarifmini daraja ko’rsatkichiga ko’paytirish yoki ildiz ko’rsatkichiga bo’lishga, ya’ni soddaroq amallarni bajarishga keltiriladi.