ANUSHAXON
ANUSHAXON, Abulmuzaffar Muhammad (7-1686) – Xiva xoni (1664- 86). Shayboniylardan. Abulg’oziy Baxodirxonning o’g’li. Buxoro xoni Abdulazizga qarshi jang (1657) da qahramonlik ko’rsatib, jang taqdirini xivaliklar foydasiga hal qilgan va otasini o’limdan saqlab qolgan. Buning uchun otasi Anushaxonga tug, lashkar va Hazorasp shahrini in’om etgan va Xivada uning nomiga katta hammom qurdirgan. Anushaxon taxtga o’tirgach, xonlik chegaralarini mustahkamlash uchun yangi Kot, Shohobod qal’alarini qurdirgan. So’ng, 1686 yil Buxoro xonligiga yurish qilib, G’ijduvon, Hazora, Samarqand, Qarshi va Shahrisabzni egallagan. Anushaxon davrida Qoraqalpog’istondagi Sulton Vays bobo va Xivadagi Pahlavon Mahmud maqbaralari, oq masjid ta’mirlangan, “Shajarayi turk” asari oxiriga yetkazilgan. Anushaxon Xivadagi Pahlavon Mahmud maqbarasiga dafn etilgan.