Lipps (Lipps) Teodor
Lipps (Lipps) Teodor (1851.28.7, Vallxalben, Pfals -1914.17.10, Myunxen) — nemis faylasufi, psixologi. Myunxen psixologiya maktabi asoschisi. V.Vundt va G. Ebbingauz bilan bir qatorda Lipps 19-asr oxiridagi nemis psixologiyasini tizimga soluvchi hisoblanadi. Lipps psixologiyani falsafa fanlari — mantiq, axloq va estetikaning asosi deb bildi. Keyinchalik E. Gusserl fenomenologiyasi ta’sirida psixologizmni yengib chiqishga urindi. San’at psixologiyasini ishlab chiqdi. Asosiy asarlari: “Axloqning asosiy masalalari” (ruscha nashri, 1905), “psixologiya qo’llanmasi” (ruscha nashri, 1907) va boshqalar.