Kan’on ibn xom ibn Nuh
Kan’on ibn xom ibn Nuh — Nuh payg’ambarning nabirasi. Afsonalarga ko’ra, otasi bilan birga Nuhning duoibadiga uchragan va Shom sohillariga kelib, shu yerda undan 11 o’g’il dunyoga kelgan va bular 11 qabilaga bo’linib shu yerda yashaganlar va bu joylar keyinchalik Kan’on mamlakati deb yuritilgan. Kan’on yerlari Finikiya deb atalmish joylar bo’lib, unga sayda (Sidon), sur (tir) va Bayrut shaharlaridan iborat Falastin va Suriyaning bir qismi qaragan. Afsonalarga ko’ra, Kan’on qabilasini chivin talab o’ldirgan emish.