Karellar
Karellar (o’zlarini karyala deb ataydilar) — xalq. Rossiya Federatsiyasining Kareliya Respublikasida yashaydilar. Umumiy soni 131 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Karel tilida so’zlashadilar. Dindorlari — pravoslavlar. Karellar ajdodlari milodiy boshlarida Ladoga ko’li buylarida yashaganlar. 12— 15-asrlarda qadimgi Karel va ves qabilalari asosida Karel elati, 18-asrda esa, Karel xalqi shakllangan. Karellar dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik, baliqchilik, o’rmonchilik (yog’och tayyorlash) bilan shug’ullanadilar.