Kariogramma

Kariogramma (Kario… va Yunoncha gramma— ras, chiziq) — bitta hujayra xromosomalarining barcha tafsilotlari bilan aynan o’ziga o’xshatib aks ettirilgan (foto yoki chizma rasm) va sistemalashtirilgan to’plami. Sistemalashtirish gomologik xromosomalar juftlarini yoki identifikatsiyalash mumkin bo’lmagan xromosomalar guruhini tanlash va mazkur juft (guruh) ning tur idiogrammasiga mos ravishda tartibini yoki harfini aniqlash orqali amalga oshiriladi. Kariogramma tahlilining asosiy vazifasi biror guruhga mansub, tashqi ko’rinishdan o’xshash bo’lgan xromosomalar farqini aniqlashdan iborat.