Keyp-York
Keyp-York — Avstraliyaning shimoliy-Sharqiy qismidagi yarim orol. Marjon dengizi bilan Karpentariya qo’ltig’i oralig’ida. Uzunligi 600 kilometrdan ziyod. Maydoni 300 ming km2. G’arbiy qismi pasttekislik, sharqi yassitog’lik (balandligi 555 metrgacha). Iqlimi subekvatorial. Evkalipt o’rmonlari, g’arbiy sohillarida mangra o’rmonlari, sharqida doim yashil sernam tropik o’rmonlar bor. Boksitning katta konlari topilgan, oltin, qo’rg’oshin qazib olinadi. Milliy parklar bor.