Keltse
Keltse — Polshaning Janubiy qismidagi shahar. Keltse voevodaligining ma’muriy markazi. Aholisi 212,3 ming kishi (1999). Transport yo’llari tuguni. Mashinasozlik (avtomobilsozlik, podshipniklar ishlab chiqarish va boshqalar) sanoati rivojlangan. Kurilish materiallari, kimyo, oziq-ovqat, oyna sanoati korxonalari bor. Me’moriy yodgorliklaridan sobor (12-19-asrlar), episkoplik saroyi (17-asr) saqlangan. Shaharga 12-asrda asos solingan.
O‘xshash so‘zlar
- Keltosh
- Keltlar
- Kelt tillari
- Keltirib qo’yish
- KELTIRILGAN NARXLAR
- KELTIRILGAN (DISKONTLANGAN) SOF QIYMAT
- Keltirma tuproqlar, yuvib keltirilgan tuproqlar
- KELVIN











