Kern

Kern (nemischa kern) — kolonkali burg’u kovaklari (quduqlari)dan olinadigan tsilindr shaklidagi yaxlit tog’ jinsi namunasi. Kern yordamida tog’ jinsining tarkibi, fizik va kimyoviy xossalari, yotish burchaklari aniqlanadi. Kovlangan bir necha burg’u kovaklarining geologik kesimi Kernni o’rganish natijalari bilan taqqoslanadi. Ma’lum bo’lmagan yer osti geologik jinslarini o’rganishda Kernning ahamiyati katta.