Sulaymoniya

Sulaymoniya — Iroqning shimoliy Sharqiy qismidagi shahar, Sulaymoniya muhofazasining ma’muriy markazi. Aholisi 370 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Kirkuk — Baxtaran avtomobil yo’li yoqasida joylashgan. Qishloq xo’jalik (chorvachilik, donli ekinlar, paxta, tamaki) rayonnining savdo markazi. Oziq-ovqat, to’qimachilik, tsement sanoati korxonalari bor.