Valamatzoda G’affor Rustamovich
Valamatzoda G’affor Rustamovich [1916.26.4(9.5), Xo’jand – 1993.12.12, Dushanba] — tojik balet artisti, baletmeyster, rejissyor Tojikiston xalq artisti (1945), 1951-63 yillar S.Ayniy nomidagi opera va balet teatrining bosh baletmeysteri, 1961-63 yillar tojik filarmoniyasining direktori va badiiy rahbari, 1965 yildan “Lola” ansamblining rahbari. Birinchi tojik baleti (“Du gul”)ga, shuningdek “Layli va Majnun”, “Boqchasaroy favvorasi”, “Moviy gilam” baletlari va “Vosening qo’zg’oloni”, “Maysaraning ishi” kabi operalarning raqs sahnalarini yaratgan. Valamatzoda O’zbekistonning “Bahor”, “Shodlik” va boshqa ansambllarida bir qancha raqs (“Lola” raqs-syuitasi, “Mo’g’ulcha”, “Pomircha”, “Afg’oncha” va boshqalar)larni sahnaga qo’ygan.