Lasis Vilis Tenisovich
Lasis Vilis Tenisovich [1904. 29.4(12.5), Rinuji qishlog’i, hozirgi Riga tumani — 1966.6.2, Riga] — Latviya xalq yozuvchisi (1947), davlat va jamoat arbobi. Dastlabki asarlari — “ayol” (1930) novellasi va “Ozodlikka chiqqan yirtqich” fantastik romani (1931). Romanlarida latish xalqining hayoti aks ettirilgan (“qanotsiz qushlar”, trilogiya, 1931 — 33; “Baliqchi o’g’li”, 1 — 2-kitob, 1933 — 34; “bo’ron”, 1 — 3-ki- tob, 1945 -48). Lasis “Yangi qirg’oq sari” (1950-51), “dengiz bo’yidagi qishloq” (1954), “momaqaldirokdan so’ng” (1962) va boshqa romanlar muallifi. “Bo’ron” romani va boshqa asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan. As: Baliqchi o’g’li, Roman, 1958; Vatanni qo’msab, T., 1961.