Saviskiy Igor Vitalevich
Saviskiy Igor Vitalevich (1915.4.8, Kiev — 1984.27.7, Nukus) — grafik rassom, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1964), Qoraqalpog’iston xalq rassomi (1974). Moskva rassomlik institutini tugatgan (1946). Saviskiy ijodi badiiy tasvir uslubining dadilligi, bo’yoq qatlamini dag’al yotqizilishi b-n ajralib turadi; oqish ranglar uyg’unligi (jigarrang, qovoq hamda sabzi rang va boshqalar)ni afzal ko’rgan rassom asarlarida janub tabiati, Qoraqalpog’iston manzaralari o’zining yorqin aksini topgan: “oq qal’a. Umumiy ko’rinish” (1954); “Qoraqumda”, “Chimboy oqshomi”, “Kegeyli kanali” — hammasi 1956; “Qayrag’ochlar” (1959) va boshqalar. Saviskiy asarlari O’zbekiston san’at muzeyi, O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyi, Qoraqalpog’iston san’at muzeyida saqlanadi. Rassomning sa’yharakatlari natijasida tashkil topgan Qoraqalpog’iston san’at muzeyiga Saviskiyning nomi berilgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpog’iston Davlat mukofoti laureati (1983). “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan (2002). As: rezba po derevu. Narodnoe prikladnoe iskusstvo Karakalpakii, T., 1963.