Lyovi (Loewi) Otto
Lyovi (Loewi) Otto (1873.3.6, Frank – furt-na-Mayne — 1961.25.12, Nyu-York) — avstraliyalik fiziolog va farmakolog. Gratse universiteti (1909-38), Nyu-York universiteti tibbiyot kolleji (1940 yildan) professor. Nerv impulsining sinapslar orqali o’tishi kimyoviy tabiatini va bunda atsetilxoliting rolini tadqiq qilgan. Yurak faoliyati nerv oxirlaridan ajraladigan fiziologik faol moddalar — mediatorlar orqali boshqarilishini ko’rsatib bergan. Nobel mukofoti laureati (1936, G. Deyl bilan hamkorlikda).