Ludditlar

Ludditlar (inglizcha Luddites) — Buyuk Britaniyada sanoat to’ntarishi davri (18-asr oxiri — 19-asr boshi)da mashinalar joriy qilinishiga qarshi chiqqan dastlabki tarqoq harakatlar qatnashchilari. Ludditlar atamasi birinchi bo’lib dastgohini buzib tashlagan ishchi (xalfa) — Ned Ludd nomidan olingan deb taxmin qilinadi. 1769, 1812 yillarda Ludditlarga qarshi o’lim jazosi joriy qilingan. Yorkdagi suv prosessi (1813) va 1813-15 yillardagi sanoat taraqqiyoti natijasida Ludditlar harakati bir oz pasaygan; 30-yillarga kelib, hukumatning qatag’on siyosatining kuchayishi va iqtisodiy ahvolning yaxshilanishi bilan Ludditlar harakati barham topgan.