Lyuis (Lewis) Garri Sinkler

Lyuis (Lewis) Garri Sinkler (1885.7.2, Sok-Sentr, Minnesota) — 1951.10.1, Rim) — amerikalik yozuvchi. Birinchi nasriy asari Tom Gren taxallusi bilan chop etilgan. Bolalarga atalgan bu kitobni “aeroplanda sayr” (1912) deb nomlagan. Birinchi romani “bizning mister Renn” (1915), ikkinchisi esa “Burgut parvozi” (1915). 20-asrlardagi eng yaxshi realistik asarlari ichida “asosiy ko’cha” (1920), “Bebbit” (1922), “Ero-US- MIT” (1925, hammuallif) romanlari ajralib turadi. Jiddiy siyosiy asarlar — “Bizda buning iloji yo’q” (1935) roman-pamfleti, “Gideon Plensh” (1943) hajviy romani, “Kingsblad, qirollar nasli” nomli irqchilikka qarshi kurash, fuqarolik vijdoni haqidagi roman muallifi. 1949 yildan Italiyada yashagan. So’nggi yillarda yaratgan “Xudojo’y” (1949), “olam shunchalik keng” (1951) romanlari badiiy yuksakligi bilan ajraladi. Bir qancha hikoya, pyesa va makrlalari bor. Nobel mukofoti laureati (1930).