Lunacharskiy Anatoliy Vasilevich

Lunacharskiy Anatoliy Vasilevich [1875.11(23).11, Poltava – 1933.26.12, Frantsiya, Mentena; Moskvada dafn etilgan] — davlat arbobi, rus yozuvchisi, tanqidchi, adabiyotshunos, san’atshunos. Akademik (1930). Syurix universitetining falsafa fakultetida tahsil ko’rgan. 1897 yilda Rossiyaga qaytib, inqilobiy faoliyat, 1902 yildan boshlab esa adabiy tanqidchilik va siyosiy publitsistika bilan shugullana boshlagan. 1917-29 yillarda maorif xalq komissari. 1933 yilda Ispaniyaga elchi qilib tayinlanadi va Madridga borayotib, yo’lda vafot etadi. Lunacharskiyning oktyabr to’ntarishiga qadar bo’lgan estetik qarashlari “umuman san’atkor va xususan ba’zi bir san’atkor haqida” (1903) hamda “pozitiv estetika asoslari” (1923) makrlalarida ifodalangan. Lunacharskiyning G’arb adabiyoti va san’atiga bag’ishlangan asarlari (“G’arbiy Yevropa adabiyotining muhim bosqichlari tarixi”, 2 jildli, 1924, 1930 va boshqalar)da faqat G’arb adabiyotining emas, balki rus adabiyoti namoyandalarining ham individual o’ziga xosligini, ular ijodining muayyan tarixiy-adabiy jarayondagi o’rnini belgilab berdi. Lunacharskiy 20-asrning 20-30-yillaridagi adabiy-tanqidiy maqolalari bilan shu davrdagi adabiy jarayonga faol ta’sir ko’rsatdi. U dialog shakliga tez-tez murojaat etib, adabiy-tanqidiy va publitsistik makrda janrlarining yangi shakllarini axtardi. “Qirol sartaroshi” (1906), “Faust va shahar (1918), “Oliver Kromvel” (1920), “ozod etilgan don Kixot” (1922), “o’t yoquvchilar” (1924) pyesalari, T. Kampanella haqidagi trilogiya (“Xalq”, 1920; “Gersog”, 1922; 3-qismi tugallanmagan), hikoyalar, xotiralar, publitsistik makrlalar muallifi. Lunacharskiyning adabiy-tanqidiy asarlari zamonaviy o’zbek tanqidchiligi va adabiyotshunosligining shakllanishiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatdi. U maorif xalq komissari sifatida o’zbek yoshlarining Moskva va Leningraddagi oliy o’quv yurtlarida tahsil olishiga yordam berdi. Uning madadi bilan Moskvada o’zbek drama studiyasi tashkil etildi (1924-27) va bu studiyada o’zbek milliy teatrining M. Uyg’ur, A. Hidoyatov, S. Eshonto’rayeva singari qaldirg’ochlari etishib chiqdi. Lunacharskiyning sa’y-harakati bilan Qori Yoqubov va Tamaraxonim Parijdagi Jahon dekorativ san’ati ko’rgazmasining ochilishiga bag’ishlangan kontsertlarda ishtirok etdilar. Ayrim asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan. Naim Karimov.