Lunin Boris Vladimirovich
Lunin Boris Vladimirovich (1906.18.7, Jeneva — 2000.18.10, Toshkent) — tarixchi olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1973), tarix fanlari Doktori (1966), professor (1970). Shimoliy Kavkaz o’lka arxeologiya, tarix, etnografiya jamiyati boshqarmasi a’zosi (1925— 31), shimoliy Kavkaz (so’ngra Azov- Qoradengiz) o’lka byurosining ilmiy kotibi va raisi o’rinbosari (1926— 37). Shimoliy Kavkazdagi qator institutlarda o’qituvchi (1937— 41), 1941-53 yillarda armiya safida. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix va arxeologiya institutida katta ilmiy xodim (1953-68), 1968-88 yilda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix institutining bo’lim mudiri, 1988-2000 yillarda bosh ilmiy xodim. Asarlari O’zbekiston fan va madaniyati muammolariga oid. “O’zbekiston tarixi manbalarda” (rus tilida) nomli 3 jildli kitob tuzgan. As: Srednyaya Aziya v dorevolyusionnom i sovetskom vostokovedenii, T., 1966.