Lok-bo’yoq materiallar
Lok-bo’yoq materiallar – metallarni zanglashdan, yog’ochni chirishdan saqlash va buyumlarni pardozlash uchun ularning sirtiga surkaladigan suyuq yoki pastasimon materiallar. Ularning tarkibini parda hosil qiluvchi moddalar (alkid, fenol-formaldegid, epoksid, poliefir smolalar, perxlorvinil smolalar, poliakrilatlar, tsellyuloza nitratlari va boshqalar) tashkil qiladi. Ba’zi tabiiy materiallar — o’simlik yog’lari va kanifol hosilalari ham parda hosil qiluvchi modda hisoblanadi. Ba’zi Lok-bo’yoq materiallar tarkibida erituvchi moddalar, pigmentlar, har xil qo’shimchalar ham bo’ladi. Lok-bo’yoq materiallarning rangsiz va rangli, shaffor va noshaffof (xira) xillari bor. Shaffof materiallar — alif, loklar, noshaffof materiallar — har xil bo’yoqlar, xomaki surkov materiallari, sirtni tekislash massalari (gruntovkalar)dan iborat. Lok-bo’yoq materiallar sirtni yaxshi asrashi, silliq va yaltiroq parda hosil qilishi, butomga ko’rkamlik berishi lozim.