APOFEOZ

APOFEOZ (Yunoncha apotheosis — ilohiylashtirish) — 1) biror bir shaxs yoki voqeani sharaflash; 2) tantanali yakun; 3) xalqni, qahramonni yoki biror voqeani sharaflaydigan spektakl, bayram kontsert dasturi yoki tsirk tomoshasining odatda yakunlovchi, tantanali ommaviy sahnasi: “Gulsara” operasi (R. Gliyer va T. Sodiqov) ning yakunlovchi qismi. Apofeoz tomosha, bayram namoyishining mustaqil qismi sifatida (matneiz) bo’lishi ham mumkin. Bu turdagi Apofeozlar ishtirokchilarning ta’sirli holatlari (“Jonli lavha”, “So’zsiz sahna”) asosida quriladi. Bunda dekoratsiya, kiyim, butaforiya va boshqa katta ahamiyatga molik. Hozir har yilgi O’zbekiston mustaqilligiga bag’ishlangan kontsertlarda Apofeozning turli ko’rinishlaridan foydalaniladi.