APSHERON YARIM OROLI

APSHERON YARIM OROLI – Kavkazning Sharqiy uchi, Ozarbayjonda. Kaspiy dengiziga 60 kilometr kirib borgan. Eni 30 kilometrgacha, yer yuzasi bir oz past-baland, balandligi 165 metrgacha. Balchiq vulkanlari ko’p. Yirik neft va gaz konlari bor. Janubiy sohilida Boku joylashgan. Bilgax, Pirshaga va boshqa shifobaxsh kurortlari bor.