ARAB-AMERIKA NEFT KOMPANIYASI

ARAB-AMERIKA NEFT KOMPANIYASI, ARAMKO (inglizcha Arabian-American Oil Company (ARAMCO) — Saudiya Arabistonidagi neft konlarini o’zlashtirish uchun 1933 yilda AQSh dagi eng yirik neft kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan. 1973 yildan boshlab Saudiya Arabistoni hukumati uning aktsiyalarini sotib ola boshladi va 1980 yilga kelib ARAMKOning tanho egasiga aylandi. Uning korxonalarini boshqarish va neft konlaridan foydalanish bo’yicha mamlakat hukumati bilan maxsus bitimlar tuzgan AQShning “Ekson”, “Shevron”, “Teksako”, “Mobil” neft kompaniyalari qazib olingan neftning bir qismini oladi. Har yili 200 million tonna neft qazib oladi va 23 million tonna neftni qayta ishlaydi (80-yillar oxiri).