ARALSK

ARALSK — Qozog’istonning Qizilo’rda viloyatidagi shahar (1938 yildan), Orol dengizining shimoliy-Sharqiy tarafida. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 31,4 ming kishi (1991). Ko’tarish-transport, elektr-mexanika jihozlari zavodlari, “Orolsulfat” kombinati, tikuvchilik fabrikasi bor. Aralovsk 1905 yilda Orenburg — Toshkent temir yo’l qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan.