ABDURASULBOY MADRASASI
ABDURASULBOY MADRASASI – Xivadagi me’moriy yodgorlik (1906). Madrasa (30×65 metr) ikki hovlili. G’arbiy hovli (6,9×3,6 metr) ning ikki burchagida ikkitadan chorsi xona, Janubida gumbaz tomli masjid, shimolda balxi gumbazli, ikki eshikli xona bor. Bu hovliga ikki tomoni darchali daxliz orqali kiriladi. Sharqiy hovli (7,1×5,5 metr) ham hujralar bilan o’ralgan. Dahliz tepasidagi kichik xonalar, talabalar yashaydigan va boshqa hujralar balxi gumbazlar bilan yopilgan. Devorlari silliqlangan g’ishtdan. Peshtoqi va dandanasiga yashil koshindan bezaklar ishlangan.