ABDURAIMOV Birodar Hasanovich kim bo’lgan?
ABDURAIMOV Birodar Hasanovich (1943.14.5, Toshkent) — futbolchi, “Paxtakor” (Toshkent) futbol jamoasining hujumchisi (1960-68, 1970-74), sport ustasi (1962), “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sport ustozi” (1994). 1972 yil mavsumda 1-tabaqa rekordini o’rnatgan (34 to’p). Rasmiy musobaqalarda jami 210 ta to’p kiritgan. Abduraimov rahbarligida “Navbahor” jamoasi O’zbekiston kubogini qo’lga kiritgan (1992). Abduraimov Xirosima (Yaponiya)da 12- Osiyo o’yinlari chempioni bo’lgan (1994) O’zbekiston milliy terma jamoasiga murabbiylik qilgan (R. Akramov bilan birga). 1995 yildan “Zarafshon” (Navoiy shahri), 1999 yildan “Surxon” (Termiz shahri) futbol jamoalari ustozi. “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan (1994).
O‘xshash so‘zlar
- ABDURASHIDOV Abdulaxad Abdulxamidovich kim bo’lgan?
- ABDURASHIDOV Komiljon kim bo’lgan?
- ABDURASULBOY MADRASASI haqida bilasizmi?
- ABDURASULOV Jo’ra Majidovich kim bo’lgan?
- ABDURASULOV Mamajon kim bo’lgan?
- ABDURASULOV Sodiqjon kim bo’lgan?
- ABDURAZZOQ SAMARQANDIY kim bo’lgan?
- ABDURAZZOQOV Abdujabbor kim bo’lgan?





