ANG’IZ

ANG’IZ — g’alla va yem-xashak ekinlari o’rib olinganidan keyin dalada qoladigan o’simlik poyasi; g’allasi o’rib olingan dala. Ang’izning organik qoldiqlari tuproqni chirindilar bilan boyitadi. Yerni haydashda haydalma qatlam tuprog’ining fizik xossalarini yaxshilash, kukunlanishi va namning bug’lanishini kamaytirish, begona o’tlar urug’ini chuqur ko’mish zarur. Ba’zi joylarda yer lushchilniklar bilan yuza yumshatiladi, kuzda shudgor qilinadi yoki ekinlar o’rib olinishi bilan ang’iz ekinlari (makkajo’xori, kungaboqar, sudano’t, mosh va boshqalar) ekiladi.