ARAGONIT

ARAGONIT — karbonatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi CaCOj. Ko’pincha SrCO3 birikmasi aralashgan bo’ladi. Qattiqligi, 3,5 — 4. Sof og’irligi 2,9 — 3. Rangi oq, kulrang, binafsha rangdan qoragacha. Kristallari ignasimon, agregatlari tarmoqlangan. Xillari: konxit — marvarid (xitin bilan birga) va mollyuskalar chig’anog’ining sadaf qatlami tarkibining asosiy qismi; no’xattosh — Aragonitning tsementlashgan oolitlari. Gidrotermal va gipergen yo’l bilan hosil bo’ladi.