ASSOTSIATSIYA (kimyoda) haqida nimani bilasiz?
ASSOTSIATSIYA (kimyoda) —molekulalar yoki ionlarning molekulalararo elektr tabiatli harakat kuchi ta’sirida guruhlarga birlashishi. Agar suyuqlik molekulalari o’zaro ikki va undan ortiq holda birlashib, yirik zarrachalar shaklida bo’lsa, bunday suyukliklar Assotsiatsiyalangan suyukliklar deb ataladi (masalan, suv, spirt, organik kislotalar). Molekulalar tarkibida elektr manfiy atomlar (Fg’O2″, N3) bilan bog’langan vodorod bo’lsa, Assotsiatsiya vodorod bog’i hisobiga ro’y beradi (masalan, suv, spirtlar, karbon kislotalar, amidlarda). Elektrolit eritmalarida esa Assotsiatsiya ionlararo Kulon kuchlari ta’siri hisobiga sodir bo’ladi.
O‘xshash so‘zlar
- ASSOTSIATSIYA
- ASSOTSIATSIYA haqida nimani bilasiz?
- ASSOTSIATSIYA deganda nimani bilishimiz kerak?
- ASSOTSIATSIYA (biologiyada) haqida nimani bilasiz?
- ASSOTSIATSIYA (psixologiyada) haqida nimani bilasiz?
- ASTAFEV VIKTOR PETROVICH kim bo’lgan?
- ASTAR haqida nimani bilasiz?
- ASTARA haqida nimani bilasiz?





