AUGSBURG

AUGSBURG — Bavariya yeridagi shahar. Germaniya Janubida, Alp tog’lari etaklarida joylashgan. Aholisi 245 ming kishi atrofida. Transport yo’llari tuguni. Qadimgi to’qimachilik markazi. Mashinasozlik, metallni qayta ishlash, kimyo, elektrotexnika va radioelektronika sanoati rivojlangan. Maksimilian muzeyi, ko’plab me’moriy yodgorliklar (11 — 18-asrlar) bor. Shahar miloddan avvali 15-asrda rimliklar harbiy lageri o’rnida vujudga kelgan. 10-11-asrlarda yirik savdo-hunarmandchilik markazi bo’lgan. 15-16-asrlarda esa Augsburg Yevropaning yirik savdo va moliyaviy markaziga aylandi. 1806 yildan Bavariya tarkibida.