ATHARVAVEDA haqida bilasizmi?
ATHARVAVEDA — hind xalqining buddizmgacha bo’lgan eng qadimgi diniy va adabiy yodgorligi bo’lmish 4 she’riy va nasriy to’plam — vedalardan biri. Taxminan miloddan avvalgi 9-8-asrlarda tuzilgan. Vedalar quyidagilar: Rigveda — gimnlar vedasi (muqaddas bilim), Samaveda — qo’shiqlar vedasi, Yajurveda — qurbonlik so’zlari hamda qoidalari va Atharvaveda — zodagonlarning hikmatli yoki qarg’ish so’zlari vedasi. Atharvaveda qadimgi hindlarning dini, madaniyati va ijtimoiy tuzumi haqida muhim ma’lumot beradi.
O‘xshash so‘zlar
- ATIR haqida nimani bilasiz?
- ATIRDON haqida nimani bilasiz?
- ATIREOZ haqida nimani bilasiz?
- ATIRGUL atirgul shaklidagi bezak haqida bilasizmi?
- ATIRGUL guli haqida nimani bilasiz?
- ATIRGUL MOYI haqida nimani bilasiz?
- ATIRQOVUN haqida nimani bilasiz?
- ATKA haqida nimani bilasiz?











