Qayir, poyma
Qayir, poyma – daryo, kanal va ko`llar bo`ylab cho`zilgan, suv ko`paygan vaqtda suv bosib ketadigan pastak zaxob yerlar. Qayir larni, odatda, o`tlar, to`qay o`simliklari qoplagan bo`ladi.
Qayir, poyma – daryo, kanal va ko`llar bo`ylab cho`zilgan, suv ko`paygan vaqtda suv bosib ketadigan pastak zaxob yerlar. Qayir larni, odatda, o`tlar, to`qay o`simliklari qoplagan bo`ladi.
Qalay rudalari – tarkibida qazib olish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq miqdorda qalay bo`lgan mineral birikmalar. Asosiy minerallari: kassiterit – qalaytosh (tarkibida 78,8% gacha qalay bo`ladi), stannin-qalay kolchedani (tarkibida 27,5% gacha … Read More
Sari chashma – buloq ko`zi, buloqning suv chiqadigan joyi.
Sarisuv– tog`oldi lyoss va gildan iborat qiya tekisliklardan oquvchi loysa suv. Ba’zi joylarda daryo nomiga aylanib ketgan. Masalan, Markaziy Qozog`istondagi Sarisuv daryosi.
Sangzor (tojikcha)-toshloq, daryo vodiysidagi sertosh maydon.
Sangir- tog`lardagi tik jarlik daryoning qulashi natijasida hosil bo`lgan tik qirg`og`i.
Sangbo`ron– tog yonbag`iridan toshlarning ko`chib, yumalab tushishi. O`simlik bilan qoplanmagan quruq toshloq yonbag`irlarda ko`p bo`ladi. Sangbo`ron toshbo`ron shaklida ham ishlatiladi.
Samum (arabcha samum – issiq shamol)- Arabiston va Shimoliy Afrika cho`llarida esadigan issiq va quruq shamol. Samum esganda qum bo`roni turib, harorat 50 darajaga yetadi va undan ham oshadi.
Sakrama– daryoning tog`, tez- oqar qismi, ostonatosh, shalola.