Sayrob
Sayrob– tog`larda orografik yomg`ir ko`p tushadigan, sersuv joy, vodiy boshi.
Sayrob– tog`larda orografik yomg`ir ko`p tushadigan, sersuv joy, vodiy boshi.
Savr – 1) zodiak yulduz turkumlaridan biri; 2) shamsiya (quyosh) yil hisobida ikkinchi oyning nomi; 22-apreldan 21-maygacha davom etadi.
Sariq tuproq – sernam subtropiklarda keng bargli o`rmonlar tagida gilli slanetsdan iborat ona jinsdan paydo bo`lgan tuproq. Chirindisi kam. Temirning suvli oksidlari tufayli sariq bo`ladi. Xitoyda, AQShning janubida, Avstraliyaning janubi-sharqida … Read More
Kriologiya, kriografiya (yunoncha krios – sovuqlik), umumiy muzshunoslik muz haqidagi fan. Krilogiya qor qoplami, muzlar va muzliklarning fizik, kimyoviy va mineralogik xususiyatlarini o`rganadi.
Kriolitozona – Yer po`stidagi doimiy muzlab yotgan qatlamli qobiq. Kriolitozonani kriolitologiya fani o`rganadi.
Kriogen morfoskulptura (yunoncha krios – sovuqlik) – doimiy muzlab yotgan yerlar va tog`larning nival (qor-muz) zonasida ekzogen kuchlar ta’sirida paydo bo`lgan relyef shakllari. Masalan, termokarst reylefi, soliflyuksiya reylefi, gidrolakkolitlar va … Read More
Krik – Avstraliyada vaqtincha oqadigan suvlar yoki yilning issiq faslida qurib qoladigan daryolar nomi. Yilning quruq paytida ko`pgina kriklar ayrim-ayrim suv havzalariga aylanadi.
Kredit (lotincha kredituya – qarz) – tovar yoki pul mablag`larini qarzga berib turish.
Kopra – kokos palmasi mevasi, ya’ni yonrog`ining mag`zi. Kopradan kokos yog`i olinadi, kunjarasi chorva mollariga beriladi.