VALLIS (UOLLIS) (WALLIS) JON

VALLIS (UOLLIS) (WALLIS) JON (1616.23.11, Ashford, Kent -1703.28.10, Oksford) — inliz matematigi. Qirollik jamiyati asoschilaridan biri. “Cheksizlik arifmetikasi” (1655) cheksiz kichik sonlarning yaratilishida katta ahamiyat kasb etgan.

VALERIAN

VALERIAN (193-260) – Rim imperatori (253 yildan). Davlatni o’g’li Gallien bilan birgalikda boshqargan. Uning davrida xristianlar ta’qib qilingan. Forslar bilan bo’lgan urushda asir tushib, asirlikda vafot etgan.

VALENTINIAN I

VALENTINIAN I (321-375) – Rim imperatori (364 yildan). Rim imperiyasining g’arbiy qismini o’g’li Grasian bilan, Sharqiy qismini ukasi valent bilan birgalikda boshqargan. Alemannlar, kvadlar va boshqa qabilalarga qarshi urushlar olib … Read More

VALENT

VALENT (taxminan 328-378) — Rim imperiyasining Sharqiy qismi Imperatori (364 yildan). Akasi Valentinian 1 bilan davlatni birgalikda boshqargan. Adrianopol jangi (378) davestigotlardan mag’lubiyatga uchrab halok bo’lgan.

VALANSEN

VALANSEN, Valansenn — Frantsiya shimoldagi shahar, Shelda daryosi bo’yida, Belgiya chegarasi yaqinida. Aholisi shahar atrofi bilan 350 mingdan ziyod kishi (1990-yillar o’rtalari). Temir yo’l tuguni. Yiriktoshko’mir havzasi zonasida joylashgan. Metallurgiya, … Read More

VAKANSIYA

VAKANSIYA (Fransuzcha sapse, lotincha vacanc — bo’sh) — muassasadagi bo’sh, egallanmagan lavozim, o’quv yurtidagi bo’sh o’rin.

VAYSHIYLAR

VAYSHIYLAR (sanskritcha) – qadimgi Hindistonda 4 varnasan birining a’zolari. Dastlab, o’z atrofiga to’la huqukli jamoachilarni, asosan dehqonlar, chorvadorlarni, so’ngra savdogarlar, hunarmandlarning bir qismini ham birlashtirgan. O’rta asrlarda faqat savdo ahligina … Read More

VAYBA

VAYBA — qadimgi Misr hajm o’lchovi (14— 15-asrlar). Vazn bo’yicha 11,6 kilogramm bug’doyga, hajm bo’yicha 15 l ga teng bo’lgan.

VAZIRISTON

VAZIRISTON – G’arbiy Pokistondagi tarixiy viloyat, maydoni 30 ming kvadrat kilometr. Tarixiy markazi — Kaniguram shahri. Vaziristonda pushtun qabilalari — Vazirlar, davarlar va bitanlar yashaydi. 19-asrning 2-yarmigacha Vaziriston o’zining mustaqilligini … Read More

VAZIRI A’ZAM

VAZIRI A’ZAM — ulug’ vazir, Vazirlar boshlig’i. O’rta asrlarda hukumatning oliy idoralarini boshqargan yuqori mansabdagi shaxs. Hozirgi bosh vazir (bosh ministr) lavozimiga to’g’ri keladi.