VAZIRISTON
VAZIRISTON – G’arbiy Pokistondagi tarixiy viloyat, maydoni 30 ming kvadrat kilometr. Tarixiy markazi — Kaniguram shahri. Vaziristonda pushtun qabilalari — Vazirlar, davarlar va bitanlar yashaydi. 19-asrning 2-yarmigacha Vaziriston o’zining mustaqilligini saqlagan. Vaziriston 1893 yilda Britaniya mustamlaka imperiyasi tarkibiga kiritilgan. 1947 yil avgustdan Pokiston tarkibida.
O‘xshash so‘zlar
- VAZIRLIK
- Vazirov Najafbek
- Vazn
- Vazn toifalari
- Vazniy (og’irlik) analiz
- Vaznsizlik
- Vazopressin
- Vazov Ivan Minchov





