KVORUM

KVORUM (lotincha quorum — qatnashuvchilar) — yig’ilish, Majlis qatnashchilarining qonuniy huquqqa, huquqiy kuchga, vakolatga ega bo’lgan, qarorlar qabul qilish uchun qonunda yoxud jamoat tashkilotlarining ustavlarida belgilangan zarur soni.

KVATERNION

KVATERNION (lotincha quaterni — to’rttadan) — kompleks son tushunchasining umumlashmasi. Kvaternion a+bi+cj+dk ko’rinishiga ega, a, b, s, d — haqiqiy sonlar, /’, J, k — uchta mavxum birlik. Kvaternion uchun … Read More

KVARS SHISHA

KVARS SHISHA – sintetik yoki ta biiy (tog’ billuri, kvars qumi va boshqalar) kremniy ikki oksidini eritib olinadigan shisha. Shaffof (optik, juda toza, texnik) va xiraroq xillari bo’ladi. O’tga chidamliligi, … Read More

KVARTERONLAR

KVARTERONLAR (ispancha — cuarteron, cuarto — chorak) — Amerikada mulatlar bilan yevropeoid irq vakillari o’rtasidagi nikohdan tarqalgan avlod. Ular terisining rangi mulatlarga nisbatan ancha oqishroq bo’ladi.

KVANJU

KVANJU — Koreya Respublikasining Janubiy-g’arbiy qismidagi shahar. Cholla-Namdo provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 1,3 million kishi (1995). Transport yo’llari tuguni. To’qimachilik, oziq-ovqat (jumladan, tamaki mahsulotlari), harbiy, mashinasozlik, kimyo sanoati korxonalari, universitet … Read More

KVAZI…

KVAZI… (lotincha quazi — go’yo, huddi) — qo’shma so’zlar bo’lagi; “mavhum”, “soxta”, (mas, kvaziolim), “deyarli”, “yaqin” (masalan, kvazizarralar, kvazioptika, kvaziimpuls, kvazipullar) kabi ma’nolarni ifodalaydi.

KVADRATURA FORMULALARI

KVADRATURA FORMULALARI -integral ostidagi funktsiyaning ba’zi nuqtalardagi qiymatlariga qarab aniq integralni hisoblash formulalari. Kvadratura formulalariga Simpson formulasi, Kotes formulasi va boshqalar misol bo’la oladi. Eng sodda Kvadratura formulalaridan biri trapetsiya … Read More

KVADRATURA

KVADRATURA (lotincha quadratura — kvadrat shakl berish) — 1) matematikada — berilgan shakl yuzasidagi kvadrat birliklar soni; 2) berilgan figuraga tengdosh kvadrat yasash; 3) integral yoki yuzani hisoblash; 4) astronomiyada … Read More

KVADRATIK O’RTA

KVADRATIK O’RTA – bir necha sonlar (ar AG, …, AP) kvadratlarining Arifmetik o’rta qiymatidan olingan kvadrat ildiz natijasi: K = a}+A1+..lag musbat sonlarning Kvadratik o’rtasi ulardan eng kichigi bilan eng … Read More