KVADRATURA
KVADRATURA (lotincha quadratura — kvadrat shakl berish) — 1) matematikada — berilgan shakl yuzasidagi kvadrat birliklar soni; 2) berilgan figuraga tengdosh kvadrat yasash; 3) integral yoki yuzani hisoblash; 4) astronomiyada — osmon gumbazida yer, Quyosh va yuqori sayyoralarning o’zaro holatlaridan biri.
O‘xshash so‘zlar
- KVADRATURA FORMULALARI
- Kvadrupol
- KVANJU
- Kvant
- KVANT ELEKTRODINAMIKA
- Kvant elektronika
- Kvant evolyusiya
- Kvant generator


