KO’KNORDOSHLAR

KO’KNORDOSHLAR (Papaveraceae) -ikki pallali ayrim tojbargli o’simliklar oilasi. Ko’pchiligi o’t. Barglari ko’pincha patsimon, navbatlashib yoki qarama-qarshi joylashgan. Gullari yakka yoki to’pgulda yig’ilgan, aktinomorf, ba’zan zigomorf. Kosachabarglari 2 ta, tojbarglari 4 … Read More

KO’KRAK TOJLILAR

KO’KRAK TOJLILAR – qushlarning bir guruhi. To’sh suyagining pastki qismi kengayib, toj suyagini hosil qiladi (nomi shundan olingan). Suyakning bu qismiga qanot muskullari birikadi. Ko’pchilik turlari yaxshi uchadi. Hozirgi qushlarning … Read More

KO’KRAK TOJSIZLAR

KO’KRAK TOJSIZLAR – qushlarning bir guruhi, Afrika tuyaquimari, vandular, kazuarlar, kivilar turkumlarini o’z ichiga oladi. Ko’krak toj suyagi bo’lmaydi (nomi shundan olingan); qanotlari yaxshi rivojlanmagan; ucholmaydi. Ba’zi adabiyotlarda Ko’krak tojsizlar … Read More

KO’KSULTON

KO’KSULTON (Prunus nachicevanica S. Kadr.) — ra’noguldoshlarga mansub mevali daraxt, xalq selektsiyasi yo’li bilan yetishtirilgan ertapishar olxo’ri navlaridan biri. Ko’chati o’tqazilgach, 4-yili hosilga kiradi, daraxti balandligi 5 metrcha, shox- shabbasi … Read More

KO’RANT

KO’RANT (Fransuzcha courant — oqadigan, yuguradigan) — minoraning yuqorisiga o’rvatiladigan yoki xonaga qo’yiladigan, qo’ng’iroqlar vositasida musiqaviy izchillik bilan zang uradigan katta soat. Toshkentdagi Ko’rant tarixiy me’moriy yodgorliklardan biri hisoblanadi.

KO’PON

KO’PON (Fransuzcha coupon) — qimmatli qog’ozning yirtma talon ko’rinishidagi qismi. Talonda ko’rsatilgan muddatda foizlar summasini olish huquqini beradi. Ko’pon qimmatli qog’ozga, masalan, obligatsiyaga tirkalishi yoki undan alohida sotilishi yoki sotib … Read More

KO’PE

KO’PE (Fransuzcha coupe — qirqilgan, kesilgan) — 1) temir yo’l vagonining odatda, 2 — 4 kishiga mo’ljallangan xonasi; 2) yengil avtomobillarning ikki eshikli berk ko’zovi; o’rindiqlari bir yoki ikki qator … Read More

KUOPIO

KUOPIO — Finlyandiyadagi shahar. Kuopio lyanining ma’muriy markazi. Aholisi 96,6 ming kishi (1999). Kallavesi ko’li sohilidagi port. Yog’ochsozlik sanoati rivojlangan. Kimyo, mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari, universitet bor. Qishki sport o’yinlari … Read More

KUNYA

KUNYA — shajarani bildiradigan laqab. Kunya “Abu” bilan ham, “ibn” bilan ham beriladi. Masalan, “Abu Tolib” — “Tolibning otasi”, “Abul Qosim” — “Qosimning otasi” kabi. Ba’zan Kunya o’g’li yo’q kishilarga … Read More

KUK QO’LTIG’I

KUK QO’LTIG’I, Kevay qo’ltig’i — Tinch okeanda, Alyaskaning Janubiy sohillari yaqinida. Uzunligi 370 kilometr, kengligi 18-111 kilometr, chuqurligi 22-78 metr. Janubiy qirg’oqlari baland, qoyali, kuchli yemirilgan, shimol past. Suv qalqishi … Read More