KUNYA

KUNYA — shajarani bildiradigan laqab. Kunya “Abu” bilan ham, “ibn” bilan ham beriladi. Masalan, “Abu Tolib” — “Tolibning otasi”, “Abul Qosim” — “Qosimning otasi” kabi. Ba’zan Kunya o’g’li yo’q kishilarga qandaydir biror bola nomi bilan ham berib yuborilgan. Masalan, Arab faylasuf shoiri Abul-a’lo al-Maarriy uylanmagan, lekin “Abul a’lo” Kunyasi bo’lgan.