Kurash

Kurash — sport turi, belgilan- gan qoidaga muvofiq ikki sportchi- ning yakkama-yakka olishuvi. Kurashish san’ati ko’p xalqlarda qadim zamon- lardan buyon ma’lum. K. ayniqsa Yuno- nistonda keng tarqalib, qad. olim- piada musobaqalaridan doimiy o’rin olib kelgan. Milliy K.ning xilma-xil ko’rinishlari Gresiya, Italiya, Yaponiya, Turkiya, Eron, Afg’oniston, Rossiya, O’zbekiston, Gruziya, Armaniston, Ozar- bayjon, Qozog’iston va b. mamlakatlar- da mavjud. Zavonaviy sport K.ining asosiy qoidalari 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida Evropaning bir necha mam- lakatlarida ishlab chiqildi. 1912 y. Xalqaro havaskorlar kurash federa- tsiyasi (FILA) tuzildi (hozir unga 144 mamlakat, O’zbekiston 1993 y.dan a’zo). Xalqaro maydonda sport K.ining yunon- rum kurashi, erkin kurash, dzyudo, sambo va b. turlari keng tarqalgan. Keyingi yillarda o’zbek K. i ham alohida K. turi sifatida dunyo miqyosida tan Oliva bosh- landi. K. insonni kuchli, epchil, chidamli va irodali qilib tarbiyalash vositala- ridan biri hisoblanadi. Shifokorlar nazorati ostida 12 yoshdan K. b-n shu- gullanishga ruxsat etiladi. K. azaldan o’zbek turmush tarzining uzviy qismi bo’lganligini arxeologik topilmalar, tarixiy qo’lyozmalar tasdiqlaydi. Qad. Baqtriya (O’zbekiston Jan.) hududidan topilgan jez davriga oid tsilindrsimon sopol idishda ikki polvon va ulardan biri ikkinchisini chalayotgani tasvir- langan. Shu davrga mansub boshqa arxe- ologik topilmada esa polvonlarning K. usullarini namoyish qilayotgani aks ettirilgan. Bu noyob topilmalar milod- dan 1,5 ming yil ilgari ham K. ajdod- larimiz turmush tarzining bir qismi bo’lganidan da-lolat beradi. Yunon yozuv- chisi Klavdiy Elian (2-3-a.) va b. tari- xiy shaxslarning yozishicha, shu hududda umr kechirgan sak qabilasi qizlari o’zlariga kuyovni yigitlar b-n kurashib tanlaganlar. Keyinchalik qizlar kuyov- ni shart ko’yish yo’li b-n aniqlashgan va bu shar-tda K. musobaqasi bo’lgan. Bunga o’zbek xalq qahramonlik dostoni — «Alpo-mish»dagi Barchin shartlari- ni misol qilib ko’rsatish mumkin. Ibn Sino «Tib qonunlari» asarida yozgan: «K.ning turlari ham bir TSh ulardan biri ikki kurashuvchining biri o’z raqibining belbog’idan ushlab o’ziga tortadi, shu b-n birga o’z raqibidan qutulishning chora- sini qiladi…». Bu ta’rif zamonaviy K. qoidalariga yaqindir. Shuningdek, Mahmud Koshg’ariyning «Devonu lug’otit turk», Alisher Navoiyning «Hamsa», «Holoti Pahlavon Muhammad», Zaynid- din Vosifiyning «Badoe’ul-vaqoe'», Husayn Voiz Koshifiyning «Futuvvat- nomai sultoniy», Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» asarida K. hakida qimmatli ma’lumotlar bor. 9-16-a.larda K. xalqo’rtasida keng om- malashgan. Shudavrda Pahlavon Mahmud, Sodiq polvon qabilar K. dovrug’ini oshirishgan. O’zbek xalq yakka kurashining belbog’li kurash deb nomlangan turi ham bor. Unga ham taalluqli ko’plab arxeologik to- pilmalar va tarixiy qo’lyozmalar mav- jud. Bundan 5 ming yil ilgari davrga mansub qad. Mesopotamiya hududidan topilgan haykalchada belbog’li kurash usulida musobaqalashayotgan polvonlar tasvirlangan. Xitoyning qad. «Tan-shu» qo’lyozmasida Farg’ova vodiysida to’ylar, sayllar K. musobaqalarisiz o’tmasligi yozilgan. Ahmad polvon, Xo’ja polvon va sh. k. K.ning ana shu turida Shuhrat qozonishgan (19-a. oxiri — 20-a. boshi). Chorizm istilosi va sho’rolar davrida o’zbek milliy K.ini xalq turmush tar- Zidan sun’iy ravishda siqib chiqarishga harakat qilindi. 20-a.ning 90-y.lari oxiriga kelib bu urinishlarga barham berildi. 1991 y.dakurashchilar sulola- si vakili, bir necha K. turlari bo’yicha xalqaro miqyosda sport ustasi Komil Yusupov O’zbekcha K.ning xalqaro Andoza- larga moslangan quyidagi qoidalarini ishlab chikdi: K. tushuvchilar 14 x 14 m dan 16x 16 m gacha bo’lgan, chetroq qismi qizil rangli «xavfli chiziq» b-n bel- gilangan ko’k-yashil tusli K. gilami- da tik turgan holatda bellashadilar. G’olib ishlatilgan usullar va maydon- dagi xatti-harakatlariga qo’yiladigan baholarga qarab aniqlanadi. K.da bo’g’ish, raqibga og’riq beruvchi usullar qo’llashga ruxsat etilmaydi, kurashuvchilarning biri ko’k, ikkinchisi yashil rangli yaktak (ayollar yaktak ichidan oq rangli futbol- ka) kiyadi, belga eni 4-5 sm li tasma (belbog’) bog’lanadi, erkaqlar 60, 66, 73, 81, 90, 100 kg va 100 kg dan ziyod, ayollar 48, 52, 57, 63, 70, 78, va 78 kg dan ziyod vazn toifalarida kurashadilar (bolalar, o’smirlar, o’spirinlar, yoshi ulug’lar va qizlar musobaqalarida ham yosh xususi- yatlari hisobga olingan holda vazn to- ifalari belgilanadi). Xalqaro kurash assosiasiyasi (1ka)ning 2003 y. Tosh- kentda o’tgan Kongressi har bir uchra- shuvning qizg’in bo’lishini ta’-minlash maqsadida rasmiy musobaqalarda bel- lashuv vaqtini 3 min. qilib belgiladi. Ishlatilgan usullarga bajarilishiga mos ravishda «chala», «yonbosh», «halol» baholari, qoidaga zid harakatlarga esa «tanbeh», «dakki», «g’irrom» jazolari beriladi. Kurashuvchi «halol» bahosini olsa (yoki raqibi «g’irrom» b-n jazo- lansa) bu uning g’alabasini bildira- Di. Ikki bor «yonbosh» bahosini olish (yoki raqibining ikki bor «dakki» deya jazolanishi) ham g’alabani anglatadi. «Chala» baholari hisobga olib borila-Di va h. k. Bahrlar tengligida oxirgi baho olgan kurash-chiga g’alaba beriladi, kurashchilarning baho va jazolari soni teng holatda baho ustunlikka ega bo’ladi, jazolar soni teng bo’lsa oxirgi jazo olgan mag’lub hisoblanadi, agar barchasi teng (yoki baho va jazo olinmagan) bo’lsa, g’olib hakamlarning ko’pchilik ovoziga ko’ra e’lon qilinadi. 1992 y.da O’zbekistonda kurash Fe- derasiyasi, 2001 y.da O’zbekistonda belbog’li kurash federasiyasi tuzildi. 1998 y. sent.da Toshkentda 28 davlat (AQSh, Boliviya, Buyuk Britaniya, Gollan- diya, Rossiya, O’zbekiston, Yaponiya va h.k.) vakillari xalqaro kurash assosiasiyasi (IKA) muassislari bo’lishdi va shu muno- sabat b-n bu erda O’zbekcha K. bo’yicha yirik xalqaro musobaqa o’tkazildi. O’zR Prezi- dentining «xalqaro kurash assosiasi- yasini qo’llab-quvvatlash to’g’risida»gi farmoni (1999 y. 1 Fev.) o’zbek milliy K. ining Yavada rivojlanishiga turtki bo’ldi. O’sha yili Toshkentda O’zbekcha K. bo’yicha birinchi jahon chempionati, Ros- siyaning Bryansk sh.da ayollar o’rtasida xalqaro musobaqa bo’lib o’tdi. IKA qoshida xalqaro K. akademiyasi, butun jahon K.ni rivojlantirish jamg’armasi tuzildi, assosiasiya muassisligida «ku- rash» jur. ta’sis qilindi. Adabiy-badi- iy, ijtimoiy-publisistik, axborot-re- klama yo’nalishidagi bu jur. Toshkentda 1999 y. okt. oyidan buyon nashr etiladi. 2000 y. O’zbekistonda K. oyligi o’tkazildi. Bu oylik davomida 2 mln.ga yaqin kishi K. gilamiga chiqdi. Buyuk Bri- taniyada IKA faxriy prezidenti Islom Karimov nomidagi an’anaviy xalqaro musobaqaga asos solindi. 2001 y.dan Xalqaro K. in-ti (Toshkentda) faoli-yat ko’rsata boshladi. 1ka ga 66 ta milliy federasiya a’zo bo’lib kirdi (2003). EV- ropa, Osiyo, Panamerika va Okeaniya K. konfederasiya lari tuzildi. Hoz. paytda O’zbekcha K. b-n xorijiy mamlakatlarda 600 mingdan ziyod kishi shug’ullanadi. K.ning bu turi bo’yicha jahon, qita va mamlakatlar chempionatlari hamda birinchshtiklari, O’zbekistonda at- Termiziy, Pahlavon Mahmud xotirasiga bag’ishlangan va boshqa ko’plab xalqaro musobaqalar muntazam o’tkaziladi. Hoz. vaqtda O’zbekistonda 22 ta Olimpiada o’rinbosarlari maktabi, 37 ta bolalar- o’smirlar sport maktabi va 206 ta K. maktabida sportning bu turi bo’yicha o’quvchilarga tahsil beriladi. Oliy o’quv yurtlarida 100 dan ortiq K. to’garaklari faoliyat ko’rsatadi. Kurashchilar b-n 851 vafar murabbiy shug’ullanadi (2003). Osiyo Olimpiya kengashi 2003 y.da K.ning bu turini Osiyo o’yinlari dasturiga ki- ritdi. K. bo’yicha o’tkazilidigan jahon chempionatlarida Bahrom Anazov, Isoq Axmedov, Maxtumquli Mahmudov, Ka- mol Murodov, Toshtemir Muhammadiev, Akobir Qurbonov (O’zbekiston), Ku- bashxonim Elknur, Selim totar o’g’li (Tur-kiya), Aleksandr Katsuragi, Karlos Xonorato (Braziliya), Pavel Melananes (Polsha), Xiroyoshi Kashimoto (Yapo- niya) va b. golib chikdilar va sovrindor bo’ldilar. Ad.: Yusupov K., Kurash, T., 1999; Mo’minov A., Prezident. Sport. G’alaba!, T., 2001. Asror Mo’minov.