ARPOQSOY

ARPOQSOY, Arpoksais — skiflar bobokaloni Targ’itoshning o’rtancha o’g’li. Gerodotning yozishicha, rivoyatlarga ko’ra Arpoqsoydan skiflarning katiarlar va traspiylar qabilasi tarqalgan. Bu qabilalar podsho skiflar qavmidan bo’lgan.

Batafsil o‘qish

ARPEJIO

ARPEJIO (italyancha arpeggio — Arfada chalish) — ko’pincha past tovushdan boshlanadigan akkord tovushlarining ketmaket ijro etilishi. Arpejio ko’proqarfada, shuningdek fortepiano kabi cholg’ularda keng qo’llaniladi.

Batafsil o‘qish

ARPA

ARPA (Hordeum) — g’alladoshlar oilasiga mansub bir va ko’p yillik o’tsimon o’simliklar turkumi. Yevrosiyo va Amerikada 30 ga yaqin turi ma’lum. Dehqonchilikda Arpa O’rta Osiyo (Turkmaniston Janubi) da miloddan avvalgi … Batafsil

Batafsil o‘qish