ALYUMINIY FTORID

ALYUMINIY FTORID, A1F3 – ftorid kislotaning alyuminiyli tuzi, rangsiz kristall; zichligi 3100 kg/m3, suvda oz miqdorda eriydi (100 gramm suvda 0,56 gramm). Alyuminiy ftorid kislotada yaxshi eriydi (bunda kompleks birikmalar … Read More

ALYUMINIY SULFAT

ALYUMINIY SULFAT, A12(SO4)3 -sulfat kislotaning alyuminiyli tuzi, rangsiz kristall modda; oddiy sharoitda A12(SO4)318H2O oq rangli kristallogidrat holida bo’ladi. 100 gramm suvda 36,15 gramm eriydi, spirtda erimaydi. Kristallogidrat qizdirilganda asta-sekin suvini … Read More

ALYUMINIY RUDALARI

ALYUMINIY RUDALARI – alyuminiy olinadigan rudalar. Asosan boksitdan olinadi. Alyuminiy rudalariga, shuningdek nefelinli sienitlar (kompleks xom ashyo), alunitli, nefelin-apatitli jinslar va boshqalar kiritiladi. Alyuminiy rudalari konlari Rossiya Federatsiyasi (Arxangelsk viloyati, … Read More

ALYUMINIY OKSID

ALYUMINIY OKSID (giltuproq), A12O3 — rangsiz kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 2050°, suvda erimaydi. Alyuminiy oksid amfoter oksiddir, kontsentrlangan kislotalarda erib, alyuminiy tuzlarini, ishqorlarda erib, alyuminat kislota tuzlari — alyuminatlarni hosil … Read More

ALYUMINIY NITRAT

ALYUMINIY NITRAT, A1(NO)3 -nitrat kislotaning alyuminiyli tuzi. Oq rombik kristall modda. Alyuminiy gidroksid [A1(on)3] ni nitrat kislotada eritib olinadi. Alyuminiy nitrat kristallogidratlar A1(NO3)3H2O, A1(NO3)3-6H2O va A1(NO3)3 9N2O holdagina barqaror. U … Read More

ALYUMINIY

ALYUMINIY (Aluminium), Alyuminiy Mendeleev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 13, at. m. 26,9815; Alyuminiy lotincha alumen (achchiqgosh) so’zidan kelib chiqqan. Tabiatda bitta barqaror izotop holida (ag’ … Read More

ALYUMINATLAR

ALYUMINATLAR — alyuminat kislotalar (ortoalyuminat HjAIOj, metaalyuminat NA1O2 va boshqalar) ning tuzlari, alyuminiy oksidning boshqa metallar bilan hosil qilgan kimyoviy birikmalari, umumiy formulasi R [A12O4] (R—sa, Mg, Sr, va, Be … Read More

ALYUMEL

ALYUMEL — nikelning alyuminiy, marganes va kremniy bilan hosil qilgan qiyin suyuqlanuvchan qotishmasi. Alyumelning tarkibi (%da); 1,8—2,5 alyuminiy, 0,85—2,0 kremniy, 1,8—2,2 marganes, qolganlari — nikel va kobalt. Alyumel pirometriyada (moddalar … Read More

ALTSIONA

ALTSIONA — Savr burji (yulduz turkumi) ning yulduzi, 3-kattalikda. Hulkar yulduzlar to’dasining eng ravshan yulduzi. Bizdan 189 yorug’lik yili uzoqlikda joylashgan.