BELVEDER
BELVEDER (italyancha belvedere — nazargoh, kurkam manzara) — 1) bino ustiga yoki baland joyga qurilgan xona. Belveder asosan doira targ’li, ba’zida gumbazli bo’lib, ustunlarining orasi oynavand qilinadi yoki ochiq qoldiriladi (Park va xiyobonlarda); 2) saroylardagi ayrim inshootlar ham Belveder deb atapadi. Masalan, Vatikan hovlisidagi Belveder, Qobul shahridagi Bog’i Bobur binolari (yuqori qismidagi shiypon) Belvederning Sharqdagi noyob va dastlabki namunasi hisoblanadi.
O‘xshash so‘zlar
- Belveder
- BELYAEV VIKTOR MIXAYLOVICH
- BELYAEV YEVGENIY ALEKSANDROVICH
- BELYANKIN DMITRIY STEPANOVICH
- BELYANSKIY IVAN FILIPPOVICH
- BEMORNI PARVARISH QILISH
- BEN (BAIN) ALEKSANDER
- BENARDOS NIKOLAY NIKOLAYEVICH





