BESHYUZ

BESHYUZ, beshjuz — yuz qabilasiga mansub urug’lardan biri. 19-asrda Zarafshon vohasida yashaganlar. Beshyuzlarning avlodlari O’zbekistonning Zomin, G’allaorol va Bulung’ur, Tojikistonning O’ratepa tumanlarida yashaydi. Beshyuzlar shevasi o’zbek tilining qipchoq lahjasiga kiradi.